» » Rossiyalik infeksionist koronavirusga chalinganlarning ahvoli juda tez yomonlashishidan ogohlantirdi

Rossiyalik infeksionist koronavirusga chalinganlarning ahvoli juda tez yomonlashishidan ogohlantirdi


Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarda kasallikning yengil shakli og‘ir shakliga o‘tishi uchun bir sutkadan kamroq vaqt ketishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi, Markaziy klinik kasalxona yuqumli kasalliklar markazi rahbari Georgiy Sapronovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Agar ertalab bemor o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lsa, kechga borib u reanimatsiyada yotishi mumkin. Albatta, bunga shifokorlarning aksariyati tayyor emas. Bu kabi shiddat hayratlanarli”, — deydi Sapronov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi vaziyatda shifokorlar bemorni kuzatish muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.

Avvalroq pediatr shifokor, infeksionist, vaksinolog Yevgeniy Timakov har qanday virusli infeksiya, xususan, COVID-19 ham bronxial astmadan aziyat chekadigan insonlarda og‘ir kechishini ma’lum qilgandi. Vaksinologning so‘zlariga ko‘ra, astma bilan og‘rigan bemorlar koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘z sog‘lig‘iga ehtiyot bo‘lishi kerak.

13-may holatiga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 bilan kasallanganlar soni 242 ming kishidan, virus qurbonlari soni esa 2,2 ming kishidan oshgan. Mamlakatda hozirga qadar koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi. Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют