» » Andijonda “Kamaz” velosipedchini urib yubordi. 30 yoshli erkak hodisa joyida vafot etdi

Andijonda “Kamaz” velosipedchini urib yubordi. 30 yoshli erkak hodisa joyida vafot etdi


Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida 13-may kuni “Kamaz” va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa “Barlos” MFY Bozorxidirsha ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R137 Xo‘jaobod—Buloqboshi avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yuz bergan. 1986-yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” yuk mashinasi yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosiped haydovchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Velosiped haydovchisi 1990-yilda tug‘ilgan R.X. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Buloqboshi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Joriy haftada ham velosipedchining o‘limi bilan yakunlangan yana bir YTH yuz bergandi. Toshkent viloyatining Chinoz tumanida avtobus velosipedchini ko‘rmay qolib, urib yuborishi oqibatida 33 yoshli velosipedchi vafot etgandi.

Mavzuga doir: Andijonda ikkita Damas to‘qnashdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют