» » Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi


Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor 14-may kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor — 40 yoshli erkak — Oltiariq tumanidan bo‘lib, kasallikni koronivirusga chalingan fuqarolar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi.

“Shunday qilib, viloyatdagi shifokorlar sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi”, — deya xabar bermoqda SSV.

O‘zbekistonda 14-may soat 12:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 2620 kishiga yetgan, 11 nafar bemor vafot etgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Jizzax, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari ham koronavirusdan xoli hududlarga aylangan edi, biroq keyinroq Navoiy viloyatida olti kishida kasallik aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют