» » O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi


“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi. Quyidagi lavozimlar kiritildi:

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi. Bundan tashqari, bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

Bosh vazir, jumladan, IT texnologiyalar, elektron hukumatni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni O‘zbekiston Prezidenti ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga shu kungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Behzod Musayev, Davlat soliq qo‘mitasi rahbarligiga esa Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют