» » TIV: Rossiyadagi 65 ming o‘zbekistonlik mamlakatga qaytish istagini bildirgan

TIV: Rossiyadagi 65 ming o‘zbekistonlik mamlakatga qaytish istagini bildirgan


Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, 12-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro‘yxatga O‘zbekistonga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro‘yxatlar O‘zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. 11—12-may kunlarining o‘zida 14 ming o‘zbekistonlik vatanga qaytishda yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Hozirgi vaqtda elchixona o‘z imkoniyatlari va vakolatlari doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

“Ma’lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralganda vatandoshlarimizdan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini va tegishli hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.

Mavzuga doir: Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga qanday ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot berildi

Bundan tashqari, so‘nggi kunlarda elchixona va konsullik bo‘limi atrofida charter reyslari orqali O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarning to‘planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi. Qayd etilishicha, elchixona Rossiyadan uchib ketishni xohlagan fuqarolar ro‘yxatini o‘z konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasidagina olib bormoqda.

“Elchixona Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning COVID-19 koronavirusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlari va vatanga, o‘z oila va yaqinlari bag‘riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to‘qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo‘lib, shu kunlarda ‘Mehr’ loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to‘lab berishni boshladi”, — deya ta’kidlanadi murojaatda.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ulardan Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish so‘ragan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yangi koronavirus holatlari nimaning hisobiga ortayotganiga aniqlik kiritildi

Eslatib o‘tamiz, 7-may kungi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar “imkoniyatga qarab, baribir olib kelinishi kerak”ligini aytgan edi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 30-iyungacha bo‘lgan muddatdagi parvozlar uchun chipta sotishni to‘xtatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют