» » Alisher Usmonov ajratgan 10 mln dollar suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga Ramazon Hayitigacha tarqatiladi

Alisher Usmonov ajratgan 10 mln dollar suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga Ramazon Hayitigacha tarqatiladi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tomonidan Sardobadagi falokat munosabati bilan ajratilgan 10 million dollar miqdoridagi mablag‘ yaqin vaqt ichida jabrlangan aholiga teng qiymatda bo‘lib beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, milliarder ajratgan xayriya mablag‘i hozirda Respublika “Mahalla” fondi hisob raqamida turibdi. Mablag‘lar Ramazon Hayitiga qadar tarqatilishi kutilmoqda. Bunga qo‘shimcha tarzda O‘zbekiston hukumati tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar ham jabrlangan aholi uchun ochilgan plastik kartalarga tashlab beriladi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev milliarder Alisher Usmonov nafaqat o‘z hamyurtlariga, balki ofatdan jabr ko‘rgan qozog‘istonliklarga ham yordam berganini ta’kidlab, minnatdorchilik bildirgan. “‘Saxovat va ko‘mak’ harakatiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarni ham yoddan chiqarmaymiz. Ular og‘ir damda yelkadosh bo‘lmoqda”, — deb ta’kidlagan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratgan. Mablag‘ning 10 million dollari O‘zbekiston, 5 million dollari esa Qozog‘iston uchun taqdim etilgan.

Kuni kecha Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimligi jabrlangan aholiga milliarder tomonidan taqdim etilgan pul mablag‘larini topshirish boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Viloyatlar hokimlari Sirdaryoga yo‘l oldi. Ular o‘z hududlaridan yuzlab quruvchilarni olib kelmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 1) ( 27) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...