» » Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovg‘a qildi

Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovg‘a qildi


Xonanda Ozoda Nursaidova Sardoba falokati oqibatida uyidan ayrilgan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta xonadon hadya qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Sardoba falokati oqibatida aholining ko‘p qismi talafot ko‘rdi. Odamlar evakuatsiya qilindi, davlat rahbari o‘sha yerga yetib bordi. Bu yoqda butun xalq jipslashib, jabrlangan aholiga qo‘lidan kelgan yordamini berdi, haligacha beryapti. Mana saxovat karvonlari tashkil etildi, go‘dakdan tortib yoshi katta fuqarolarimizgacha yordamini ayamadi. Hatto pensionerlarimiz pensiyasining tiyin tiyinigacha sardobaliklarga xayriya qildi.

Biz ham mana shu xayriya aksiyalaridan ta’sirlanib, tadbirkor, saxovatpesha ukam Akbar Anvarov bilan birga o‘zimiz aksiya tashkil qildik. Sardoba falokatidan aziyat chekkan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan uy sovg‘a qilyapmiz. Ya’ni 3 ta uch xonali, ikkita ikki xonali uy.

Bu uy, albatta, vaqtinchalik emas, uy o‘zlariga qoladi. Uylarni hadya qilyapmiz-u, lekin biroz kamchiligi bor. Oilalarning uylarga kelib yashashi uchun texnika, jihozlar kerak bo‘ladi. Masalan, muzlatkich, gilam, televizor va boshqa zarur narsalar. Agar ularga yordam berish istagida bo‘lgan ko‘ngillilar bo‘lsa, biz xursand bo‘lamiz”, — deydi Ozoda Nursaidova.

View this post on Instagram

Sardobada talofat ko’rgan hamyurtlarimizga yordam qilish maqsadida akciya uyushtirildi. Uysiz qolganlarga 5 ta oilaga 5 uy hadya qilinadi. Uz uylari ham uzlarida qoladi albatta. Bu oilalar yangi uyga kirib yashashlari uchun uy jihozlarida ozgina kamchilik bor. ______________________________________ Pul o’tkazish uchun karta nomeri 8600 0329 4375 6031 SQB (Sano’at Qurilish Banki) ______________________________________ Kungillilar uchun tel nomer + 998901675555 yoki direct _______________________________________ @ubaydullaev.kh fondiga Donate yigish gofundme.com sayti orqali amalga oshiriladi ( Toliq ma’lumotni @ubaydullaev.kh akkauntidan olishingiz mumkin)

A post shared by O Z O D A (@ozodaofficial) on

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют