» » Janubiy Koreyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga ko‘paydi

Janubiy Koreyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga ko‘paydi


Janubiy Koreyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga oshib, kasallanganlarning umumiy soni 10 991 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib. Epidemiya boshlanganidan buyon 9 762 kishi tuzaldi, 260 nafari vafot etdi.

Avvalroq 258 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan.

Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klubda bo‘lganlar yoki ularning yaqinlarining 131 nafarida virus aniqlangan.

Janubiy Koreya 6-maydan boshlab faqat ehtiyotkorlik va profilaktika choralariga rioya qilishni ko‘zda tutuvchi “kundalik hayotdagi karantin” rejimiga o‘tib, maktab va jamoat muassasalari odatiy faoliyatiga qayta boshlagandi. Kasallanganlar soni yana ortishi kutilayotgani sababli hukumat bu jarayonni 1 haftaga kechiktirdi. Barcha klublar va ko‘ngilochar joylarni 7-iyunga qadar yopish to‘g‘risidagi tavsiya bilan chiqdi, Seul ma’muriyati esa bunday muassasalarni majburiy ravishda yopish to‘g‘risida buyruq chiqardi.

Seul administratsiyasi 24-apreldan 6-maygacha Itxevondagi klublarga tashrif buyurgan 5 517 ortiq kishidan iborat ro‘yxatni tayyorlab, hozirda ularning 2 400 dan ortig‘i bilan aloqa o‘rnatgan. Qolganlari bilan ham aloqa o‘rnatishga harakat qilinmoqda.

Shuningdek, qayd etilishicha, koronavirusga chalinganlar Yonin shahridan bo‘lgan 29 yoshli yigit tashrif buyurmagan klublarda ham aniqlangan. Ularning ayrimlarida kunlik tashrif buyuruvchilar soni 1 500 kishidan oshadi. Shundan kelib chiqib hukumat ularga noma’lum bo‘lgan virus o‘choqlari borligini taxmin qilmoqda.

Mamlakatda so‘nggi sutkada 1 kishi vafot etdi, 39 nafar bemor sog‘aydi. Shuningdek, kamida 429 kishining organizmida ular tuzalganidan keyin ham virus saqlanib qolgani qayd etilgan.

Dunyo bo‘ylab esa koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshib ketdi

Mavzuga doir: Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют