» » Shavkat Mirziyoyev: Toshqindan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar ikki oyda hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Toshqindan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar ikki oyda hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tishi kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridagi avariya oqibatida uy-joyi zarar ko‘rgan aholining yangi uylarini qurishni kechiktirmaslik haqida ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari bu haqda 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlagan.

“Uy qurilishini bir yilga cho‘zmanglar, barcha jabr ko‘rgan insonlar ikki oyda yangi, hovlisiga rayhon va mevali daraxtlar ekiladigan sifatli uylarga ko‘chib o‘tishi kerak”, — deya Prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kun.uz”.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov ajratgan 10 mln dollar suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga Ramazon Hayitigacha tarqatiladi

Topshiriq bo‘yicha 14-maydan boshlab Sirdaryo viloyati hududida qurilish ishlari boshlanadi. Prezidentning o‘zi yaqin kunlarda yana Sirdaryoda bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq “Daryo”ning hukumatdagi manbasi viloyatlar hokimlari yuzlab quruvchilar bilan Sirdaryoga yo‘lga chiqqanini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют