» » AQShning Viskonsin shtati sudi gubernatorning izolyatsiya rejimini uzaytirish haqidagi qarorini bekor qildi

AQShning Viskonsin shtati sudi gubernatorning izolyatsiya rejimini uzaytirish haqidagi qarorini bekor qildi


Amerikaning Viskonsin shtati Oliy sudi gubernator Entoni Iversning koronavirus tufayli izolyatsiya rejimini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum bo‘lishicha, gubernator Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot departamentiga o‘zini izolyatsiya qilish rejimini 26-maygacha uzaytirish haqida ko‘rsatma bergan.

Sud gubernator-demokrat Entoni Ivers administratsiyasi izolyatsiya rejimini uzaytirish borasida o‘z vakolati doirasidan chiqqan holda ko‘rsatma bergan, deb topdi. Ivers esa o‘z navbatida CNN telekanaliga bergan intervyuda sud qarori “shtatda tartibsizlik yuzaga kelishiga olib keladi”, deb ta’kidlagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi har bir shtat gubernatori o‘z mintaqasidagi sharoitdan kelib chiqib, koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qilgandi.

Aprel oyining boshida Oq uy koronavirusdan kutilayotgan qurbonlar soni bo‘yicha rasmiy prognozlarni ma’lum qilgan edi. O‘shanda ekspertlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar AQShda hukumat tomonidan joriy qilingan cheklovlarga amal qilinsa, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan 240 ming nafargacha borishi mumkinligi taxmin qilingan. Shuningdek, mutaxassislar voqealar rivoji yomon tus olsa, qurbonlar soni 2,2 million kishini tashkil etishi mumkinligini bildirgan. Qayd etilishicha, bu holat infeksiya tarqalishiga qarshi kurash uchun hech qanday chora ko‘rilmagan taqdirda yuz berishi mumkinligi prognoz qilingan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,37 million kishidan, kasallik oqibatida vafot etganlar soni esa 84 ming kishidan oshgan, bemorlarning 243 ming nafardan ortig‘i sog‘aygan.

Avvalroq AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqalgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, AQSh bosh infeksionisti koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga doir: Oq uy AQSh vitse-prezidenti o‘zini Donald Trampdan izolyatsiyalaganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют