» » AQShda it bilan Zoom orqali tanishib, uni boqib olish imkoni yaratildi

AQShda it bilan Zoom orqali tanishib, uni boqib olish imkoni yaratildi


Karantin tufayli harakatlanish cheklandi, buning ortidan turli uchrashuvlar onlayn o‘tkazila boshlandi. So‘nggi paytda Zoom videokonferensiyalar dasturi ommalashdi, deb yozadi Esquire.

Biroq AQShda ushbu dasturdan nafaqat hamkasblar va qarindoshlar, balki jonivorlar bilan ko‘rishish uchun ham foydalanishmoqda.

It boqib olmoqchi bo‘lganlar servis yordamida ularning boshpanasi xodimlari bilan bog‘lanib, jonivor bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Talabgorlar jonivor haqidagi barcha savollarga javob olishi, uni ko‘rib, yaqindan tanishishi mumkin.

You can now meet and adopt an adorable shelter dog via Zoom. pic.twitter.com/XyP7nRWQzq

— Digital Trends (@DigitalTrends) May 12, 2020

Bunday imkoniyatni itlar uchun ozuqa ishlab chiqaradigan Pedigree kompaniyasi va jonivorlarni himoya qilish bo‘yicha Nashville Humane Association assotsiatsiyasi taqdim etdi.

Mavzuga doir: Foto: It va mushuklar o‘rtasida do‘stlik borligini isbotlovchi suratlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют