» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5571 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1082 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5571 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1082 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 154 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 5571 kishiga yetgan, hozirga qadar 2408 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Bemorlarning 32 nafari COVID-19 qurboniga aylangan. Ta’kidlanishicha, kasallikning ortish sur’ati 2,8 foizni tashkil etmoqda. Quyida respublikaning viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan:

Ma’lumot uchun, 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi

Qirg‘izistonda esa o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 38 kishiga ortgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“14-may holatiga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha yana 38 ta holat qayd etildi”, — deydi respublika tezkor shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallarning olti nafari — tibbiyot xodimlari. O‘tgan bir sutka ichida 9 nafar bemorga statsionarlardan javob berilgan. Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 1082 kishiga yetgan, ularning 247 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 735 bemor sog‘aygan, 12 kishi virus qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют