» » “O‘zsanoatqurilishbank” OPEK Xalqaro rivojlanish fondi bilan 20 mln AQSh dollariga teng kredit bitimini imzoladi

“O‘zsanoatqurilishbank” OPEK Xalqaro rivojlanish fondi bilan 20 mln AQSh dollariga teng kredit bitimini imzoladi


“O‘zsanoatqurilishbank” OPEK Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) bilan 20 million AQSh dollariga teng kredit bitimini imzoladi. Hujjat O‘zbekistondagi mahalliy korxonalarning savdo bo‘yicha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga yo‘naltiriladi.

Kredit “O‘zsanoatqurilishbank”ning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishning muhim omili hisoblanadi.

OFID’dan o‘zlashtirilgan mablag‘lar bank tomonidan qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish va to‘qimachilik sanoati kabi iqtisodiyotning turli sohalaridagi subqarzdorlarga savdoni moliyalashtirish bo‘yicha taqdim etiladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirib, xususiy sektorga investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirmoqda. Xalqaro rivojlanish fondi ham “O‘zsanoatqurilishbank”ning 23 mingdan ziyod mijozlari bazasidan foydalanib, moliya muassasasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ajratilayotgan kreditlar portfelini kengaytirishga ko‘maklashishni maqsad qildi.

“OFID O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni anchadan beri qo‘llab-quvvatlamoqda. Ammo mazkur hujjat bank bilan savdoni moliyalashtirishga oid ilk bitimimiz bo‘lib, u xususiy sektorni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishga yaxshi misol bo‘la oladi. Biz har qanday iqtisodiyotning hayotiy muhim jabhasi – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. O‘zbekistonga BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda bandlikni ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan maqsadiga ko‘maklashishga tayyormiz, – dedi OFID Bosh direktori Abdulxamid Alxalifa.

Ta’kidlash joiz, OFID va O‘zbekiston yigirma yildan ziyodroq vaqt mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilib keladi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют