» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi


Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Samarqand viloyatida esa 26 nafar, jami 59 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va 14-may kuni reabilitatsiya kuzatildi. Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahrida Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari poytaxtdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan. Buxoro, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan ham 1 nafardan fuqaro tuzalgan. Ulardan 5 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan, 3 nafari Tojikistondan, 2 nafari Qozog‘istondan va yana 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng keksasi 56 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 13 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 18 nafari xorijdan kelgan, jumladan, 7 nafari Tojikistondan, 3 nafari Qozog‘istondan va 1 nafari Rossiyadan. Shuningdek, yana 7 nafari Dubay—Toshkent charter reysi orqali kelib, karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, ular klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlar orasida Toshkent viloyatidan 6 nafar, Namangan va Samarqand viloyatlaridan 4 nafardan, Toshkent shahridan 3 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 2 nafar, Farg‘ona va Andijon viloyatidan 1 nafar fuqaro bor. Bemorlardan 15 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan chaqaloq ekani aytildi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar koronavirusga chalingan 668 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi mazkur viloyatidan bo‘lib, ular orasida Samarqand shahri, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridan 7 nafardan, Ishtixon va Payariq tumanlaridan 2 nafardan, Samarqand tumanidan 1 nafari fuqaro bor. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 8 nafari erkak, 18 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 63 yoshda, eng kichigi esa 11 yoshda ekani ma’lum qilindi.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 129 nafarga yetdi.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor tuzalgani va viloyati koronavirusdan xoli hududga aylangani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2620 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallik qayd etilgan 15-martdan buyon infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют