» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2636 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2636 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 14-may soat 15:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 kishiga oshib, 2620 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilishlaricha, 16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Avvalroq, 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra jami kasallanish holatlari soni 2620 taga yetgani, davolanishda bo‘lgan jami 533 nafar bemorning 11 nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, 13-may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetgan, infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют