» » Britaniyada sun’iy intellektga yig‘lashni va his-tuyg‘ularini bayon etishni o‘rgatishdi

Britaniyada sun’iy intellektga yig‘lashni va his-tuyg‘ularini bayon etishni o‘rgatishdi


Britaniyaning Sonantic startapi sun’iy intellektni yig‘lashga va xo‘rsinishga o‘rgatdi, deb yozadi Meduza.

Buning isboti sifatida kompaniya kompyuterda yaratilgan his-tuyg‘ularga ega ovozning matn o‘qiyotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bu bir qarashda oddiy tuyulsa-da, aslida unday emas. Masalan, Siri yoki Alisa ovozli yordamchilari foydalanuvchilar bilan yig‘lash yoki xo‘rsinish uyoqda tursin, hech qanday emotsiyasiz muloqot qiladi. Biroq Sonantic tomonidan yaratilgan texnologiya ushbu muammoni hal qiladi. Dastur matnni jonli aktyorlardek o‘qimasa ham, erishilgan natija taxsinga sazovor.

Sonantic videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga qo‘l keladigan audiomuharrir ustida ham ishlamoqda. Neyrotarmoqlar yordamida o‘n minglab dialoglar qatorlarini ovozlashtirish imkoniyati o‘yinlarni ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va arzonlashtiradi. Bundan tashqari, yangilik budjeti oz bo‘lgan yangi studiyalarga ham qo‘l keladi.

Mavzuga doir: Video: Boston Dynamics’ning robot iti Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют