» » Qoraqalpog‘istonda sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘istonda sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan 13-may kuni Otajon Hamroyev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesi axborot xizmati xabar berdi.

Lavozimga tayinlangunga qadar u Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Otajon Hamroyev 1965-yilda Ellikqal’a tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Andijon davlat tibbiyot oliygohini tugatgan. Mutaxassisligi terapevt-shifokor. Tibbiyot fanlari doktori.

U 2008—2011-yillarda ham Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan. 2002—2008-yillarda esa Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Otajon Hamroyev 2015-yilda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют