» » Prokurorlar qanday malaka oshirmoqda: tahlil va natija

Prokurorlar qanday malaka oshirmoqda: tahlil va natija


Bosh prokuratura akademiyasi tashkil topgandan buyon o‘tgan ikki yil mobaynida akademiyada olti ming nafarga yaqin huquqni muhofaza qilish organlari va davlat xizmatchilari tahsil oldi. Bu haqda Bosh prokuratura akademiyasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8-maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etilgan.

Farmonga muvofiq o‘qitishning eski, siyqasi chiqqan shakl va usullari tubdan qayta ko‘rib chiqilib, bosqichma-bosqich zamonaviylashtirildi. Birinchi marta prokuratura organlarining har bir xodimi uch yilda kamida bir marta o‘qishi shartligini belgilovchi tartib o‘rnatildi. O‘tgan ikki yil davomida akademiyada jami 10 mingdan ortiq tinglovchilar ta’lim oldi.

Akademiya oldiga davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha malakasini oshirish asosiy vazifa qilib qo‘yilgan.

O‘tgan davr mobaynida 6 ming nafarga yaqin huquqni muhofaza qilish organlari va davlat xizmatchilari akademiyani tamomladi. Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, magistraturasi negizida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishi bo‘yicha tor doiradagi mutaxassislar tayyorlanmoqda. Uch mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.

Asosiy ish joyidan ajralmagan yoki qisman ajralgan holda ta’lim olishga mo‘ljallangan “ProAcademy” axborot-ta’lim elektron portali ishga tushirilib, uning vositasida o‘tgan davr mobaynida 4717 nafar xodim o‘qitildi.

O‘quv dasturlari maxsus xonalar (poligonlar) sud jarayonlarini modellashtirish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va boshqa amaliy mashg‘ulotlarni haqiqiy sharoitlarga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazib kelinmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga oid epidemiologik holat bilan bog‘liq karantin choralari joriy etilishi natijasida akademiyada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlari to‘liq masofaviy ta’lim rejimiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют