» » Kuchli uchlikka kirgan Beyl, barqaror top-10. 2013-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Kuchli uchlikka kirgan Beyl, barqaror top-10. 2013-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2013-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

2013-yilda ham Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bir yil avvalgi narxni saqlab qolgan holda yetakchilikda davom etadi. Uchinchi o‘rinda esa yangi nom paydo bo‘ladi: “Tottenhem”dan rekord narx evaziga “Real” safiga qo‘shilgan Garet Beyl ro‘yxatning kuchli uchligidan o‘rin oladi.

Top-10 likdagi nomlar va narxlar deyarli o‘zgarmaydi. 2012-yilgidan farqli ravishda Robin van Persi va Luka Modrich o‘rnini Beyl va Edinson Kavani egallaydi.

2013-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Lionel Messi — 120 million yevro

2. Krishtianu Ronaldu — 100 million yevro

3. Garet Beyl — 80 million yevro

4. Andres Inyesta — 70 million yevro

5. Ueyn Runi — 65 million yevro

6. Radamel Falkao — 60 million yevro

7. Edinson Kavani — 60 million yevro

8. Fransesk Fabregas — 55 million yevro

9. Serxio Aguero — 51 million yevro

10. David Silva — 50 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2013-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Iker Kasilyas (35 million yevro);

Himoyachilar: Serxio Ramos (40), Xerard Pike (40), Tiago Silva (40);

Yarim himoyachilar: Sesk Fabregas (55), David Silva (50), Garet Beyl (80), Andres Inyesta (70), Lionel Messi (120);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (100), Ueyn Runi (65).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют