» » YXHT: O‘zbekistonda 2019-yili o‘tkazilgan parlament saylovlari haqiqiy raqobatni namoyish etmadi

YXHT: O‘zbekistonda 2019-yili o‘tkazilgan parlament saylovlari haqiqiy raqobatni namoyish etmadi


O‘zbekistonda 2019-yili o‘tkazilgan parlament saylovlari haqiqiy raqobatni va jarayonlarga to‘liq rioya qilinishini namoyon etmadi. Bu haqda YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan 13-may kuni e’lon qilingan yakuniy hisobotda so‘z boradi.

Mamlakatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovlar 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi­­­. Saylov jarayonlarini qariyb 140 ming mahalliy va 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar, MDH, ShHT va YXHT kuzatib bordi. YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo‘yicha qariyb 300 kishidan iborat missiyasini ilk bor O‘zbekistonga yubordi. YXHTning Parlament assambleyasi ham ilk bor o‘z kuzatuvchilarini jo‘natgan edi.

“2019-yili O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari takomillashtirilgan qonunchilikka muvofiq va mustaqil ovozlarga katta hurmat bilan o‘tkazildi, biroq hali haqiqiy raqobat va jarayonlarga to‘liq rioya etilishini namoyon qilmadi”, — deyiladi hujjatda.

Yakuniy hisobotda aytilishicha, O‘zbekistondagi parlament saylovlari “amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish va ommaviy fuqarolik tashabbuslari uchun imkoniyatlarni kengaytirish zarurligini” ko‘rsatgan.

Hujjatda O‘zbekistondagi saylovlarni takomillashtirish bo‘yicha 32 ta tavsiyalar berilgan. Xususan: siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi nomutanosib yoki kamsituvchi huquqiy qoidalarni bekor qilish, plyuralizmni rag‘batlantiradigan uyushmalar erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarning talqini va amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, siyosiy va fuqarolik birlashmalari, yig‘ilishlar va so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarni demokratik prinsiplarga moslashtirish.

Shuningdek, DIIHB so‘z erkinligi va jurnalistlarning ma’lumotlardan teng foydalanishini ta’minlash uchun ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqishni, fuqarolik birlashmalari va nodavlat tashkilotlariga saylov jarayonini mustaqil o‘rganish huquqini berishni, har bir saylov okrugi va harbiy saylov uchastkasi bo‘yicha dastlabki va yakuniy saylov natijalarini o‘z vaqtida e’lon qilish orqali shaffoflikni oshirishni ta’minlash tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, YeXHT DIIHB missiyasi rahbari mamlakatga tashrifi chog‘ida ushbu saylov — O‘zbekiston uchun o‘z shaffofligini namoyon etish imkoniyati degan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют