» » O‘zbekistonda “yashil” va “sariq” hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda “yashil” va “sariq” hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat berildi


2020-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Oliy sud Rayosatining ‘O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida’ 2020-yil 20-martdagi RS-13-20-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy sud Rayosatining 2020-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakat sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatilgandi.

Qabul qilingan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli to‘xtatib turiladi hamda fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etiladi. “Yashil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi.

Shuningdek, “qizil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlar tomonidan faqat epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish va boshqa ma’muriy huquqbuzarliklarga doir; qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash;

qamoqda saqlash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish; ma’muriy qamoqqa olish; shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish); shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish (muassasada yotish muddatini uzaytirish); fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilangan. Sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni (aliment undirish va boshqalar) ham ko‘rishi mumkin.

“Yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat beriladi.

Barcha sudlarda (toifa hududidan qat’i nazar):

Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilganligi sababli ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi, deyilgan Oliy sud axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют