» » Habib Nurmagomedovning otasida koronavirus aniqlandi

Habib Nurmagomedovning otasida koronavirus aniqlandi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus aniqlandi.

Baza Telegram kanalining xabar qilishicha, Nurmagomedovlarning kattasi shifokorlar tomonidan taqiqlanganiga qaramay jismoniy mashq bilan shug‘ullangan va shundan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Uning COVID-19 tahlili virusga ijobiy natida bergan.

Avvaliga Abdulmanap Nurmagomedovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgandi, murabbiy koronavirusga tahlil topshirishdan bosh tortgan. May oyida uning holati yomonlashgan va murabbiy Moskvaga olib kelingan. 13-may kuni Abdulmanap yurak bilan muammo sabab, koma holatiga tushib qolgani xabar qilindi. Ta’kidlanishicha, Nurmagomedov koma holatidan chiqqan.

Rossiyada 14-may holatiga koronavirus yuqtirib olgangan soni 252 ming nafardan oshdi. 53,5 ming kishi tuzalgan bo‘lsa, 2300 dan ortiq odam vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют