» » Instagram negativ izohlarning hammasini bir vaqtda o‘chirib yuborish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushiradi

Instagram negativ izohlarning hammasini bir vaqtda o‘chirib yuborish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushiradi


Instagram platforma ichidagi negativ kontent miqdorini kamaytirish imkonini beruvchi yangi funksiyalarni joriy etadi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Yangi choralar onlayn-bullingning oldini olishga yo‘naltirilgan.

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqda bitta publikatsiya ostidagi izohlar guruhini boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Avval negativ izohni bittalab o‘chirishga to‘g‘ri kelardi, hozir esa foydalanuvchi bir nechta haqoratomuz izohni bir vaqtning o‘zida o‘chirib yuborishi, istalmagan foydalanuvchilarning bir nechtasini bittada bloklashi mumkin.

Ikkinchidan, akkauntlar egalariga boshqa insonlar izohlarini hammaga ko‘rinadigan qilib qo‘yish imkoni beriladi. Ya’ni post qachon e’lon qilinganiga qaramay, sahifa egasi tomonidan tanlangan izoh boshqalarnikidan avval ko‘rinib turadi.

Shuningdek, Instagram foydalanuvchilarining eslatib o‘tish funksiyasi ham kengaytiriladi.

Foydalanuvchilar o‘zlarini kim eslatishi mumkinligini tanlay oladi. Ular hech kimga ruxsat bermasligi, o‘zi obuna bo‘lgan akkauntga bu imkoniyatni taqdim etishi yoki eslatishni boshqarish huquqi bilan hammaga bu funksiyadan foydalanish huquqini berishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют