» » Davlat soliq qo‘mitasiga rahbar bo‘lgan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi

Davlat soliq qo‘mitasiga rahbar bo‘lgan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi


O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlanishi haqida xabar berilgandi.

Prezidentning 2020-yil 13-maydagi farmoni bilan Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Sherzod Kudbiyevga “Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi” maxsus unvoni berildi.

Shu paytga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev esa bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют