» » “Tottenhem” futbolchisi Dele Alli o‘z uyida bosqinchi o‘g‘rilar tomonidan kaltaklandi

“Tottenhem” futbolchisi Dele Alli o‘z uyida bosqinchi o‘g‘rilar tomonidan kaltaklandi


“Tottenhem” yarim himoyachisi Dele Alli 12-may kuni o‘z uyida bosqinchi o‘g‘rilar hujumiga uchradi.

The Sun nashrining xabar qilishicha, mahalliy vaqt bilan 00:30 da pichoq bilan qurollangan kishilar futbolchining uyiga bostirib kirgan. Talonchilik paytida Alli qaylig‘i Rubi Mey va olti nafar sherigi bilan bilyard o‘ynayotgan bo‘lgan. Sportchining yuziga zarba berilgan, uning do‘stlaridan biri ham kaltak yegan.

O‘g‘rilar futbolchining Richard Mille va Audemar Piguet brendiga tegishli qimmatbaho soatlari, shuningdek, Meyga tegishli taqinchoqlarni olib ketgan. Jinoyatchilar jami 2 million funtlik qimmatbaho buyumlarni o‘margan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar hali qo‘lga tushmagan. Tergovchilar fikricha, hujum oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Alli 2015-yilning fevralida “MK Dons” klubidan 6,63 million yevro evaziga “Tottenhem” safiga o‘tgan. Joriy mavsum futbolchi Angliya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib, 8 gol va to‘rtta samarali uzatma muallifiga aylandi. Uning “shporlar” bilan amaldagi kelishuvi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют