» » Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada internet-nashr xodimiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Avvalroq 13-may kuni soat 19:00 larda “Effect.uz” sayti xodimi G‘iyosbek Eshov Farg‘ona viloyatining Quva tumanida hujumga uchragani haqida xabar berilgan edi. Nashr muxbiri Elyor Tojiboyev hujum Quva tumani hokimligi tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkiligini ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.

Qayd etilishicha, internet-nashr xodimi Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu voqea yuzasidan Hayot Shamsutdinov avvalroq ham rasmiy munosabat bildirib, mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.

“‘Effect.uz’ saytining xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragani holati yuzasidan tuman IIB va prokuraturasi bilan hamkorlikda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tekshirish natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi”, — deyilgandi Hayot Shamsutdinovning xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют