» » Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi

Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi


Amazoniyaning yomg‘irli o‘rmonlarida yashovchi hayvonlarni zararlaydigan virus odamga yuqqanidan keyin navbatdagi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda braziliyalik ekolog David Lapola AFP’ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jungli o‘rmonlarini kesgan sari odamlar yovvoyi o‘rmonlarga tobora chuqurroq kirib bormoqda, bu esa virusning odamga yuqish xavfini oshiradi.

“Amazoniya — viruslarning ulkan manbai. Yaxshisi, biz u yerda omadimizni sinab ko‘rmaganimiz ma’qul”, — deya ogohlantirgan Lapola.

Uning aytishicha, Braziliya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Boliviya, Gayana, Surinama va Fransuz Gvianasi hududlarining ma’lum qismlarini o‘z ichiga oladigan Amazoniya mintaqasi o‘rmonlarini vahshiylarcha kesishda davom etish hayvonlardan odamlarga yuqadigan viruslarning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shu kunga qadar bunday holatlar, asosan, Afrika va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

Asosiy talqinga ko‘ra, ularning eng so‘nggisi COVID-19 koronavirus infeksiyasining pandemiyasi bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusi odamlarga hayvonlardan o‘tgan, biroq aynan qanday hayvondan o‘tgani hozircha noma’lum. Virusning ehtimoliy tashuvchisi sifatida ko‘rshapalaklar, pangolinlar va boshqa hayvonlar ko‘rsatildi.

Mavzuga doir: Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega? Olimlar pangolinlarni koronavirusning oraliq tashuvchisi deb taxmin qilmoqda

Lapolaning ogohlantirishicha, Amazoniya o‘zining ulkan biologik xilma-xilligi bilan yangi virusli infeksiyalarning eng yirik manbaiga aylanishi mumkin.

Uning qayd etishicha, bu Amazoniyadan hozirgidek noratsional foydalanmaslik uchun yana bir sabab hisoblanadi. Ekologning so‘zlariga ko‘ra, Amazoniyani xo‘jalik uchun o‘zlashtirish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqish kerak, aks holda dunyoga kasalliklar to‘lqinlari xavf soladi, ularning oqibatlarini esa oldindan aytib bo‘lmaydi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 4,3 million kishidan oshdi, qariyb 300 ming kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Avvalroq Moody’s agentligi COVID-19 tarqalishini “ispan grippi” pandemiyasi bilan taqqoslagan. Mazkur pandemiyadan 1918—1919-yillarda 500 million odam zararlangan, uning qurbonlari soni 50-100 million kishi deb baholanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют