» » Tesla 1 milliondan ortiq elektromobil sotgan dunyodagi birinchi va yagona kompaniya bo‘ldi

Tesla 1 milliondan ortiq elektromobil sotgan dunyodagi birinchi va yagona kompaniya bo‘ldi


Tesla tomonidan kompaniya tashkil etilganidan beri hozirga qadar sotilgan elektromobillar soni 1 million donadan oshdi, deb xabar beradi MyDrivers.

Bugungi kunda ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar elektromobillarni seriyali ishlab chiqarishni boshlagan yoki kelajakda uni yo‘lga qo‘yish niyati. Ammo kimlardir buni rejalashtirib yurgan bir paytda Tesla hali hech kim qayd etmagan natijaga erishdi — u 1 million dona elektromobil sotdi.

Taqqoslash uchun, elektromobillar savdosi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ketayotgan Nissan kompaniyasi 500 mingdan ortiq elektromobil sotgan bo‘lsa, Xitoyning BYD kompaniyasida ushbu ko‘rsatkich 370 mingtaga teng.

Tesla millioninchi avtomobilini 10-martda ishlab chiqargan bo‘lib, bu Tesla Model Y hisoblanadi, yubiley avtomobili esa keyinroq sotilgan. Aniq ma’lumotlar yo‘q, biroq hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur nusxa aprel oyining o‘rtalarida sotilgan.

Tesla modellari savdosi orasida Model 3 va Model Y peshqadamlik qilmoqda — birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ushbu modellardan 524 970 nusxa sotilgan. Model X va Model S’ning jami savdolari 463 607 donani tashkil etmoqda. Birinchi avlod Roadster’i esa 2450 nusxada sotilgan. Shunday qilib, 2020-yil mart oyi oxirlariga ko‘ra, jami 991 027 dona avtomobil sotilgan. Shuningdek, mart oyining oxirlarida yana 30 ming avtomobil o‘z egalarini “kutgan”. Bundan kelib chiqadiki, Tesla’ning millioninchi elektromobili aniq sotib bo‘lingan. Talab ortayotgani sabab navbatdagi marrani zabt etish uchun kamroq vaqt ketishi kutilmoqda.

Avvalroq Ilon Mask taqiqlarga qaramay Kaliforniyadagi Tesla zavodining ishini qayta tiklagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla elektrokari ot bilan poygada bellashdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют