» » O‘zbekistonga veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarni olib kirish 2021-yildan qat’iy nazorat qilinadi

O‘zbekistonga veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarni olib kirish 2021-yildan qat’iy nazorat qilinadi


2021-yildan boshlab davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish tartibi qat’iy nazorat qilinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi “Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda belgilab qo‘yilgan, deb yozmoqda Norma.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar reyestriga kiritilgan xorijiy eksport qiluvchilarga ruxsat beriladi.

Mazkur tovarlarni olib kirishga ruxsatnoma olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im belgilandi.

Belgilanishicha, ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qarorda qayd etilishicha, mazkur tartib mamlakat hududiga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar kirib kelishining oldini olish hamda tarqalishi xavfini bartaraf etishda xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratish, shuningdek, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida joriy qilinmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga uch oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan.

“Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat sanitariya nazorati ostidagi mahsulotlarga hayvonlar, kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlar va xomashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammalari, hayvon ozuqasi va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya texnik vositalari, shuningdek, bozorlarda sotiladigan o‘simlik ozuqa mahsulotlari kiradi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga import qilinadigan ayrim xomashyolar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют