» » Sirdaryoda falokatdan keyin irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda

Sirdaryoda falokatdan keyin irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda


Sirdaryo viloyatining toshqindan zararlangan hududlarining asta-sekinlik bilan qayta tiklanmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rilayotgan choralar va erishilayotgan natijalar haqida xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, yetilgan ekish imkoniyati mavjud maydonlarga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan 1 million dona sabzavot ko‘chatlarini ekish ishlari boshlangan. 80 gektarga yaqin tomorqa maydonlariga ekin ekish ishlari amalga oshirilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Toshqindan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar ikki oyda hovlisiga rayhon ekilgan yangi uylarga ko‘chib o‘tishi kerak

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 281 ta maxsus texnika jalb etilib, 83 ta ko‘chma dizel nasos agregati olib kelingan. Shuningdek, kirish imkoniyati yuzaga kelgan, sug‘orishda foydalaniladigan 3 ta nasos stansiyasi va 1 ta tik quduqda suv chiqarish, tozalash va kamchiliklarini aniqlash ishlari olib borilgan. Xususan:

“Oqoltin tumanida PR-1-5 va PR-1-4 kanallarida 4,9 ming kub metr tuproq ishlari; Mirzaobod tumanidagi SR-9, YuR-9-1-1 va SR-9-2 kanallarida 43 ming kub metr tuproq qazish, 8a-k-10, 8a-k-11, 8a-k-9 va 8a-k-9-2 kollektorlarida 52,9 ming kub metr tuproq qazish ishlari bajarilib, 9 dona gidrotexnik inshoot ta’mirlangan.

Bundan tashqari, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa o‘zani (KTV) va KTR-3 kanallarida 8,8 ming kub metr hajmda tuproq ishlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalining talafot ko‘rgan markaziy, o‘ng va chap kanallarining 17 kilometr qismini ta’mirlash uchun 48 milliard so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 13,0 milliard so‘m mablag‘ Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash-tiklash uchun 19,1 milliard so‘m zarur bo‘lib, shu kunga qadar 1,3 milliard so‘m pul mablag‘lari moliyalashtirildi”, – deyilgan FVV xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют