» » Facebook ruhiy jarohat olgan moderatorlariga 52 mln dollar kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi

Facebook ruhiy jarohat olgan moderatorlariga 52 mln dollar kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi


Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi kontentni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi sobiq va hozirda ham ishlayotgan moderatorlarning ruhiy sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar sabab 52 million dollar kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi, deb xabar qiladi IXBT.

Mazkur kelishuv Facebook platformasidagi kontentlar moderatorligi bilan shug‘ullanib, depressiya, giyohvand moddalarga moyillik va boshqa muammolarga duch kelgan 11 ming xodimni nazarda tutadi.

Tekshiruvlarga ko‘ra, Cognizant autsorsing giganti orqali yollangan Facebook kontenti moderatorlari zo‘ravonlik, qotillik, o‘z joniga qasd qilish, shuningdek, nafrat va xavf tasvirlangan materiallarni ko‘rish davomida stressga tushib qolgan.

Facebook’da kontentlarda kuzatuvchi minglab moderatorlar bor bo‘lib, ular saytga joylangan juda ko‘p miqdordagi suratlar va boshqa konkentlarni ko‘rib chiqishi kerak. Agar qoidalarni buzadigan post boshqa foydalanuvchilar tomonidan belgilangan bo‘lsa, uni ko‘pincha postni qoldirish yoki o‘chirib tashlash to‘g‘risidagi yakuniy qarorni qabul qiladigan moderator ko‘rib chiqadi.

Moderator bo‘lib ishlagan Selena Skola sudga murojaat qilib, ish jarayonida o‘zida posttravmatik stress buzilishi yuzaga kelgani sabab Facebook’ni ayblagan. Hozirda Cognizant kompaniyasi moderatsiyalar xizmati bozorini tark etgan.

Ta’kidlanishicha, dastlab 2015-yildan buyon Facebook’da ishlagan Arizona, Kaliforniya, Florida va Texasdan bo‘lgan moderatorlar bilan kelishiladi. Ularning har biriga kamida ming dollardan to‘lanadi. Ayrim holatlarda kompensatsiya 50 ming dollarni tashkil etadi.

Mazkur ishni o‘rganib chiqayotgan Kaliforniya sudi 2020-yil oxiriga qadar yakuniy qarorni qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют