» » Germaniyalik mutaxassislar Ozbekiston karantindan chiqish boyicha juda togri strategiyani tanlaganini bildirdi

Germaniyalik mutaxassislar Ozbekiston karantindan chiqish boyicha juda togri strategiyani tanlaganini bildirdi


Germaniyaning Robert Kox instituti mutaxassislari Ozbekiston koronavirus tarqalishidan kelib chiqib joylarni turli darajadagi hududlarga bolish bilan Ozbekiston juda togri strategiyani tanlaganini bildirdi. Ozbekiston Innovatsion sogliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda mutaxassislar 13-may kuni Milliy palata bilan otkazilgan videokonferensiya chogida malum qilgan.

Videokonferensiyada 50 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etgan bolib, epidemiya bilan bogliq dolzarb masalalar, jumladan, karantindan chiqish boyicha strategiyalar muhokama qilingan.

Robert Kox institutining Xalqaro sogliqni saqlash markazi (ZIG) boshligining orinbosari Andreas Yansenning takidlashicha, karantindan chiqish unga kirishdan ham mashaqqatliroq. Ozbekiston COVID-19 kasalligi tarqalishidan kelib chiqib joylarni turli darajadagi hududlarga bolish bilan juda togri strategiyani tanladi.

Hududlarga bolish boyicha Yevropa davlatlarida biz ham tajribalar otkazmoqdamiz, lekin bu Xitoyda ham qollangan chora edi Xubey provinsiyasida karantinning eng qatiy choralari qollanilgandi, deya qoshimcha qilgan Andreas Yansen.

Uning aytishicha, hududlar uchun aniq indikatorlar bolishi lozim. Sariq va yashil hududlarda aniqlab bolingan bemorlar, shuningdek, muloqotda bolganlarning tekshirilishi ota muhim. Qizil hududlarda karantin cheklovlarini kuchaytirish boyicha choralar korish lozim.

Eslatib otamiz, Ozbekistonda hududlar songgi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qizil, sariq va yashiltoifalarga ajratilmoqda. Xususan, 14 kun ichida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar qizil, koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq kasallikdan davolanayotganlar bolgan hududlar sariq, 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan va bemorlarning bari davolanib bolgan hududlar yashil toifaga kiritiladi.

Shavkat Mirziyeyov 13-may kuni bolib otgan videoselektor yigilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay, hamon karantin tartibi amalda ekaninitakidlab otdi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda qizil, sariq va yashil toifaga ajratilgan tuman va shaharlar royxati elon qilindi



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2020, 21:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -