» » O‘zbekistonda kuchi 2 balldan 4 ballgacha bo‘lgan zilzila kuzatildi

O‘zbekistonda kuchi 2 balldan 4 ballgacha bo‘lgan zilzila kuzatildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 14-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:16  (Grinvich bo‘yicha soat 16:16)da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Zilzilaning magnitudasi 4,3 ballni tashkil qilgan. Chuqurlik 14 kilometr, episentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 197 kilometrni tashkil qiladi.

O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi Namangan viloyatida 4 ball (30 kilometr), Anijonda 3 ball (84 kilometr) va Farg‘onada 2 ballni (99 kilometr) tashkil qilgan.

Avval 14-may soat 02:09 da Farg‘ona vodiysining mazkur uch viloyati hududida yer silkinishi sezilgani, zilzila kuchi Namangan, Andijon va Farg‘onada 2 ballni tashkil qilgani xabar qilingandi. 6-mayda ham soat 15:51 da Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘lgan va zilzila kuchi Namanganda 2 ballni, Andijonda 3 ballni va Farg‘onada 2 ballni tashkil qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют