» » Dehqonobod hokimi loyiha qiymati 54 mlrd so‘m bo‘lgan suv ombori qurilishini ko‘zdan kechirdi

Dehqonobod hokimi loyiha qiymati 54 mlrd so‘m bo‘lgan suv ombori qurilishini ko‘zdan kechirdi


Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov mutaxassislar ishtirokida tumanda yangi qurilayotgan suv ombori qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, ushbu suv omborining foydalanish hajmini oshirish ishlari 2017-yilgi manzilli dasturga kiritilgan. Shu asosda tender savdolari o‘tkazilib, unda g‘olib deb topilgan “Yakkabog‘ qo‘rg‘oni” korxonasi qurilish ishlarini bajarmoqda.

240 gektardan ortiq maydonni egallagan suv ombori hududida uzunligi 850 metr, balandligi 36,2 metr hajmdagi suv to‘g‘oni qurish, ta’mirlash, ko‘prik barpo etish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot berilishicha, tumandagi mazkur suv ombori 1976—1982-yillarda qurib bitkazilgan bo‘lib, 2017—2019-yillarda 22 milliard so‘mlik qurilish-tiklash ishlari bajarilgan. 2020—2022-yillarda esa 32 millard so‘mlik ishlar bajariladi.

Tuman hokimi suv ombori qurilishini ko‘zdan kechirish chog‘ida suv ombori yonida ikki gektar maydonda baliqchilik havzasi qurilishini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, suv ombori qoshida ikki gektar maydonda issiqxona ham tashkil etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют