» » Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlar 106 taga ko‘paydi. COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 907 nafarga yetdi

Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlar 106 taga ko‘paydi. COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 907 nafarga yetdi


Tojikistonda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 106 ta yangi holat qayd etildi va kasallanganlarning umumiy soni 907 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.

“Bir sutka davomida 106 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi va Tojikistonda kasallanganlarning umumiy soni 907 nafarga, COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni esa 29 nafarga yetdi”, — deya agentlikka ma’lumot bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 4299 nafar kishi shifokorlar nazorati ostiga olingan va 403 nafar bemorning kasalxonalardan uyga ketishiga ruxsat berilgan.

Mavzuga doir: 

Avval Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qilgandi. Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlar 30-aprel kuni e’lon qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasining butun dunyoda tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qilgan. JSST bergan ma’lumotlarga asosan, dunyoda 4,1 million nafardan ko‘proq odamda koronavirus infeksiyasi kuzatilgan, 287 ming nafardan ziyod bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют