» » Qoraqalpog‘istonda o‘qishga bormayotgan 148 o‘quvchi darslarga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda o‘qishga bormayotgan 148 o‘quvchi darslarga qaytarildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2017-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan choralar va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha bajarilgan ishlarga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Majlisda jamoat tashkilotlarining mas’ul organlar vakillari bilan birgalikda respublika bo‘yicha 402 o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridagi 298 mingdan ortiq uyga kirib, 800 ming nafarga yaqin fuqaroning tilak va takliflari tinglangani aytib o‘tildi. Aniqlangan 179 ming 269 muammoning 13 ming 647 tasi Qoraqalpog‘istonning o‘zida o‘z yechimini topdi.

2017-yilning birinchi chorakida ularning yana 46 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilib, xalqning foydasiga hal etilgani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qiyotgan 148 o‘quvchi darslarga qaytarilib, ularning doimiy ishtiroki ta’minlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют