» » Bekobodda bozor nazoratchisidan ming dollar talab qilgan tovlamachi bloger qo‘lga tushdi

Bekobodda bozor nazoratchisidan ming dollar talab qilgan tovlamachi bloger qo‘lga tushdi


Toshkent viloyatining Bekobod shahrida dehqon bozori bosh nazoratchisidan 1000 dollar pul talab qilgan soxta bloger qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod dehqon bozori bosh nazoratchisi K.T.ga o‘zini bloger deb tanishtirgan fuqaro Sh.A. undan 1000 AQSh dollari talab qilib, aks holda pandemiya sharoitida ommaviy axborot vositalari xodimlariga bozorda antisanitariya holatlari mavjudligi haqida tanqidiy videotasvirlar oldirib, internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, talab qilgan 1 000 AQSh dollaridan 700 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Mavzuga doir: Qashqadaryolik fuqaroni internetda obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan soxta bloger 500 AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

Shuningdek, fuqaro Sh.A. dehqon bozorining filialida Davlat dasturi asosida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotganligidan xabar topib, ushbu ta’mirlash ishlaridagi kamchiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy tarzda ko‘rsatmaslik hamda ushbu obyektda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borayotgan firmaga hech kim tazyiq o‘tkazmasligi evaziga 300 AQSh dollari talab qilganligi ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyilgan xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют