» » AQSh va Britaniya olimlari koronavirus vaksinasini makakalarda sinab ko‘rdi

AQSh va Britaniya olimlari koronavirus vaksinasini makakalarda sinab ko‘rdi


AQSh va Buyuk Britaniya olimlari makakalarda COVID-19’ga qarshi eksperimental vaksinani muvaffaqiyatli sinab ko‘rdi va u maymunlarni koronavirusga chalinish oqibatida yuzaga keluvchi pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilgani aniqlandi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, ushbu tadqiqot natijalari bioRxiv saytida e’lon qilingan.

“Biz ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasining bitta dozasi SARS-CoV-2 yuqori dozasi kiritilganda o‘pka kasallanishining oldini olishda samarali ekanligini ko‘rsatdik. Tadqiqot, shuningdek, vaksina makaka-rezuslarni pnevmoniya rivojlanishidan himoya qilganligini ko‘rsatdi”, — deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning ta’kidlashicha, vaksina dastlab sichqonlarda sinab ko‘rilgan, shundan so‘ng biologlar uni makaka-rezuslarda sinab ko‘rishga kirishdi.

Tadqiqot davomida ChAdOx1-nCoV-19 vaksinasi koronavirusning barcha belgilarining to‘liq to‘plamini boshdan kechirgan oltita primatga yuborilgan, shundan so‘ng olimlar hayvonlarda antitanalar ishlab chiqarilishini kutgan bo‘lib, bunga 14 kundan 28 kungacha vaqt ketgan. Shundan keyin esa tadqiqotchilar makakalarni haqiqiy virus bilan kasallantirishga uringan.

Hayvonlarga SARS-CoV-2 virusi kiritilganidan 7 kun o‘tgach, olimlar vaksina virusning maymunlar o‘pkasiga kirishdan to‘liq himoya qilgani, ular hech birida o‘pka patologiyasi yoki virusli pnevmoniya kuzatilmaganiga guvoh bo‘lgan. Bundan tashqari, birorta ham makaka o‘pkasida SARS-CoV-2 koronavirusi antigeni topilmagan.

Hujjatda aytilishicha, vaksinaning muvaffaqiyatli sinovi olimlarga klinik sinovlarning birinchi bosqichini 23-aprelda boshlashga imkon berdi, 13-mayga kelib ularda mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan.

Avvalroq Yaponiyada koronavirusni davolash uchun birinchi preparat tasdiqlangani xabar berilgan edi. Ushbu preparat “Remdesivir” bo‘lib, u o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgandi.

Shuningdek, silga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilot rahbari olimlar COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishga diqqatini jalb etib, boshqa kasalliklarni unutib qo‘yayotgani ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Olimlar diabetga qarshi vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют