» » O‘zbekistonda koronavirus mavzusidan foydalanib telefondagi ma’lumotlarni o‘g‘irlovchi Android Trojan Spy troyan virusi tarqalgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirus mavzusidan foydalanib telefondagi ma’lumotlarni o‘g‘irlovchi Android Trojan Spy troyan virusi tarqalgani ma’lum qilindi


Eset kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Android Trojan Spy troyan virusi borligi va ushbu zararli dasturni tarqatishda COVID-19 mavzusidan foydalanilganini xabar qildi. Bu haqda O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zkomnazorat” ma’lum qildi.

“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, ilova koronavirus epidemiyasi haqida statistik ma’lumotlarni xaritada namoyish qiladi, biroq bir vaqtning o‘zida mobil qurilmada suratga olishi, galereyadan fotolarni o‘g‘irlashi, qurilmadagi kontaktlar ro‘yxati, SMS xabarnomalar va telefondagi barcha boshqa ilovalar boshqaruvi uchun jinoyatchilarga sharoit yaratishi mumkin.

Avvalroq davlat inspeksiyasi mobil ilovalarni yuklash va o‘rnatishda dasturning qaysi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat so‘rayotganiga e’tibor berish, agar bu kabi ruxsatlar soni asossiz ravishda ko‘p bo‘lsa bunday turdagi programmalarni ishlatishdan voz kechishni tavsiya qilgan.

“O‘zkomnazorat” internet foydalanuvchilaridan shu va shunga o‘xshash boshqa ilovalarni yuklab olish, o‘rnatishda hushyor bo‘lishni, koronavirus haqidagi ma’lumotlarni rasmiy hamda ishonchli manbalardan olish lozimligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq koronavirus sababli internet tarmog‘ida firibgarliklar ko‘paygani hamda fuqarolarga karantin qoidalarini buzganligi haqida SMS jo‘natib, pul undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlar paydo bo‘lgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, firibgarlar pensiya va nafaqalarning plastik kartaga o‘tkazilishidan foydalanishi mumkinligi aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют