» » Prezident Xalq qabulxonasi: “Yil boshidan beri 117 mingdan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlangan”

Prezident Xalq qabulxonasi: “Yil boshidan beri 117 mingdan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlangan”


Prezident Xalq qabulxonalari Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” asosida yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatda jami 117 ming nafardan ziyod yoshning bandligi ta’minlangan. Xususan:

jumladan, vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar tizimlarida 16 297 nafar yoshlar ishga joylashtirilgan.

Shu qatorida 2 61 nafar yosh turli kasblarga qayta o‘qitilgan.

Yoshlarning tadbirkorlikka oid 9 157 loyihasi uchun tijorat banklari 357,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratgan. “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoshlarga 29,3 ming gektar yer ajratilgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10 223 nafar ishsiz farzandlarini birlashtirgan 266 ta ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etilgan. Mazkur kooperativlarga a’zolik badallari uchun 28,5 milliard so‘m subsidiya ajratilgan.

Xalq qabulxonalari, hududiy sektorlar rahbarlari yordamida kooperativlar tomonidan qir-adir va cho‘l hududlardagi yerlarda 1 922 gektar qo‘riq ochildi, ekinzor hisobidan chiqarilgan 5 ming 368,3 gektar yer qayta ekin maydonlariga qo‘shilgan.

Yangi ochilgan va qayta ekinzorga aylantirilgan yerlarni sug‘orish maqsadida 139 ta quduq qazilgan, 122 ta suv nasosi o‘rnatilgan, 38 ta nasos ta’mirlangan, 20 ta drenej qurilgan, 2 ta drenaj ta’mirlangan, 95 kilometr suv novlari yangidan tortildi, 42 kilometr qismi ta’mirdan chiqarilgan, 224 kilometr kanal va ariqlar tozalangani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 01:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют