» » Video: Jahldor haydovchi benzokolonka bilan “jang” qildi

Video: Jahldor haydovchi benzokolonka bilan “jang” qildi


Kanadaning Manitoba provinsiyasida joylashgan Brendon shaharchasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida haydovchi va benzokolonga o‘rtasida sodir bo‘lgan “jang”ning videosi paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Motor.

Kuzatuv kamerasidan tasvirga olingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, haydovchi kolonkani qo‘llari, oyoqlari va yoqilg‘i quyish pistoleti bilan urib, voqea joyidan yashiringan. Endilikda jahldor kanadalikni politsiya qidirmoqda.

Videoni mahalliy politsiya o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan va fuqarolardan haydovchi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsa, yordam qilish so‘ralgan. Mashina shu qadar chang bo‘lganidan, video orqali uning raqamini o‘qib olishni imkoni bo‘lmagan. Bu esa o‘z navbatida, qidiruv jarayonlarini murakkablashtirgan.

Well, this guy looks like a real gas …. If you happen to know this hoser, feel free to pump some premium information our way. We’d love to throw him in the tank!! pic.twitter.com/TrrRMFj2i5

— Brandon Police (@BrandonPolice) May 8, 2020

Bir qarashda haydovchi benzin sekin quyilayotganidan norozidek va u bu orqali jarayonni tezlashtirishga uringandek ko‘rinishi mumkin. Biroq guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat boshqacha: erkak benzin uchun pulni oldindan to‘lashga majbur bo‘lganidan jahli chiqib, alamini benzokolonkadan olgan. Shoxobcha egasi yetkazilgan zararni qayd etib, kompensatsiyaga umid qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют