» » Telegram’da kanal ochib, qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxsga chora ko‘rildi

Telegram’da kanal ochib, qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxsga chora ko‘rildi


Telegram’da UZB KAYF GOLD nomli kanal ochib, pornografik mazmundagi materiallar va qizlarning telefon raqamlarini tarqatgan shaxs jazolandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 23-mart kuni ichki ishlar organlariga Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro D.S. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali “Aqlli fayzik” profili yordamida xotin-qizlarning telefon raqamlari, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalar joylashtirilgan, inson qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz va buzuq haqoratli so‘zlar yozilgan UZB KAYF GOLD nomli Telegram kanaliga kimdir telefon raqamini “Asalhone 2” nomi bilan qo‘yib, tarqatib yuborgani va uning shaxsini aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida yuqoridagi noqonuniy harakatlar Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi X.F. ismli fuqaro tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.

Surishtiruv davomida mazkur fuqaro o‘zi foydalanib kelayotgan Mi-6 rusumli telefonidan ochilgan Telegram messenjeridagi “Aqlli fayzik” profili yordamida UZB KAYF GOLD kanalini ochib, bir necha fuqarolarni telefon raqamlarini, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalarni joylashtirib kelayotganligi aniqlangan. Fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat davomida u haqiqatan ham arizachiga tegishli bo‘lgan telefon raqamini “Asalhone 2” nomi bilan nomlab, inson qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz va buzuq haqoratli so‘zlar yozilgan holda Telegram’dagi kanalida tarqatganligi aniqlangan.

Mavzuga doir: Telegram’da kanal ochib, axloqsizlikni targ‘ib qilgan andijonlik o‘quvchi jarimaga tortildi

Tekshiruv davomida mazkur fuqaro tomonidan foydalanib kelayotgan telefon apparati xolislar ishtirokida tekshirilganida UZB KAYF GOLD nomli Telegram kanalida bir necha fuqarolarning telefon raqamlari, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalar joylashtirilganligi aniqlanib, ushbu telefon apparati qo‘shimcha tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.

20-aprel kuni Andijon viloyati, Marhamat tumani Ma’muriy sudi tomonidan X.F. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 189-moddasi (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, mazkur kodeksning 34-moddasi (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanishi)ga asosan, huquqbuzarga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlanib, unga tegishli bo‘lgan telefon apparati davlat foydasiga musodara qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют