» » Karantinda vaqtni samarali o‘tkazish uchun tavsiyalar

Karantinda vaqtni samarali o‘tkazish uchun tavsiyalar


Karantinda vaqt o‘tkazishni, o‘tkazganda ham qanday qilib unumli o‘tkazishni bilmayotganlar uchun tavsiyalar beramiz.

Yoga bilan shug‘ullaning.

Yoga bilan shug‘ullanish uchun sport zalga borish yoki sport anjomlarini xarid qilishning keragi yo‘q, ozgina vaqt ajratsangiz va o‘z oldingizga maqsad qo‘ysangiz kifoya. Mashg‘ulot zerikarli bo‘lishini istamasangiz, sokin musiqa qo‘yib qo‘ying. Bunda siz, bir vaqtning o‘zida ham jismoniy ham ruhiy yengillikni his qilasiz.

Oskar mukofotiga loyiq deb topilgan filmlarni tomosha qiling.

Mazkur mukofot 1929-yildan buyon berilishidan kelib chiqilsa, unga loyiq deb topilgan filmlarni ko‘rib chiqish uchun karantin tugul, umringiz ham yetmasligi aniq. Shu bois, internet orqali so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi filmi yoki shunga o‘xshash shaklda qidiruvga bering. Yana ham aniqroq qay birini ko‘rsam ekan deb boshi qotganlarga, “Shindler ro‘yxati”, “Forrest Gamp” hamda “Yomg‘ir odam” singari filmlarni ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Ingliz tilingizni mukammallashtiring.

Siz qachonlardir boshlagan, ammo yarim yo‘lda tashlab qo‘ygan boshqa bir xorijiy til, masalan, ingliz tilini yaxshilash uchun karantindan yaxshi imkoniyat bo‘lmasa kerak. Hatto siz masofadan turib ishlayotgan yoki o‘qiyotgan taqdiringizda ham til o‘rganishga bemalol vaqt topishingiz mumkin. O‘qish yo ishga borish va qaytish uchun yo‘lga ketkazgan vaqtingizni yangi so‘zlar o‘rganish, matn o‘qib tarjima qilish kabilarga sarflang.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют