» » AQShda Chevrolet Tahoe politsiya mashinasiga aylantirildi

AQShda Chevrolet Tahoe politsiya mashinasiga aylantirildi


Chevrolet kompaniyasi Tahoe’ning ikkita maxsus versiyasini tayyorladi: yo‘ltanlamas jinoyatchilarni ta’qib etishga mo‘ljallangan politsiya mashinasiga va 3,7 tonna yukni tashishga qodir shatakchiga aylantirildi. Ikkala modifikatsiya ham AQShda 2020-yil oxiriga qadar paydo bo‘ladi, deb xabar qiladi Motor.

Tahoe Police Pursuit Vehicle (PPV) ga yangi amortizatorlar va 406 millimetrli diskaga Brembo tormozlari o‘rnatilgan. Standart modeldan bu kabi yo‘ltanlamas tag qismining yo‘l yuzasi bilan orasidagi masofa qisqartirilgani bilan farq qiladi, buning hisobiga u katta tezlikda ham turli manyovrlarni bajara oladi. Bundan tashqari, politsiya Tahoe’siga o‘ziga xos Firestone Firehawk Puruit shinalari o‘natilgan bo‘lib, bu tormoz yo‘lini qisqartirish imkonini beradi.

Shatakchi Tahoe’ga esa, o‘z navbatida tirkama uchun zanjirli qurilma o‘rnatilgan va politsiya maxsus qurilmalarni joylashtirish uchun tayyorlangan.

Ikkala versiyaga ham 360 ot kuchiga ega 5,3 litli V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Tahoe PPV orqa yoki to‘liq uzatmali, shatakchi esa faqat to‘liq uzatmali holda ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oxirida UzAuto Motors to‘rtta yangi — Equinox, Traverse, Trailblazer va Tahoe modellarining taqdimotini o‘tkazgan edi. Yanvar oyida esa kompaniya birinchi bosqichda tayyor avtomobillarni AQSh, Xitoy va Tailanddan olib kelishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют