» » O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi, biroq temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanadi

O‘zbekistonda karantin 1-iyungacha uzaytirildi, biroq temiryo‘l va aviaqatnovlar qisman qayta tiklanadi


Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14-maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 1-iyunga qadar uzaytirildi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, shu yilning 18-mayidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) tiklanadi. Shuningdek, Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, avia va temiryo‘l qatnovlarini tashkil etishda barcha karantin qoidalariga amal qilish, shu jumladan, yo‘lovchilar sonini kamaytirish, dezinfeksiya qilish va boshqa sanitariya talablari so‘zsiz bajarilishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avia va temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Mazkur tartib talablarini buzish epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi shaharlarda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyeyov 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay, hamon karantin tartibi amalda ekanini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют