» » “El-Klasiko” vaqtida terrorchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs hibsga olindi

“El-Klasiko” vaqtida terrorchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxs hibsga olindi


Barselona shahrida 8-may kuni terrorchilik guruhlariga aloqadorlikda gumon qilingan Marokash fuqarosi hibsga olindi.

La Sexta’ning xabar qilishicha, gumonlanuvchi shaxs “Barselona” — “Real” uchrashuvi kuni “Kamp Nou” atrofiga yig‘ilgan muxlislarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U boshqa o‘yinlarni ham ko‘rib chiqqan, biroq “El-Klasiko” asosiy maqsadi bo‘lgan. Koronavirus pandemiyasi va joriy qilingan karantin uning rejalariga to‘siq bo‘lgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, bu fuqaro IShID tomonidan yaratilgan va tarqatilgan ekstremistik ruhdagi videoroliklarga qiziqqan. O‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali u terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlagan va g‘arbga bo‘lgan nafratini yashirmagan. Politsiya uni bir necha oy kuzatib borgan. U karantin qoidalarini buzganidan so‘ng qo‘lga olingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют