» » Toshkentdagi Versal restorani yana sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi Versal restorani yana sotuvga qo‘yildi


Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi Toshkent shahridagi Versal restoranini auksion savdolariga qo‘ydi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot xizmati xabar qilgan.

Sotuvdan ko‘zlangan maqsad — xususiylashtirish, sababi restoran “Munisipial aktivlarni boshqarish markazi” DUKning ta’sisligidagi “Tantana servis” MChJga tegishli.

Bino 0,33 gektar maydonni egallagan va qurilish maydoni 6,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino fundamenti betondan va o‘zi pishgan g‘ishtdan qurilgan. Gaz, suv va elektr tarmoqlari mavjud.

Versal’ning boshlang‘ich narxi — 34,6 milliard so‘m. Savdolarda ishtirok etish uchun 1,7 milliard so‘m miqdorida zakalat puli o‘tkazish talab qilinadi. Lotda investitsion majburiyatlar belgilanmagan.

Arizalar 13-iyungacha qabul qilinadi, savdolar esa 16-iyunda o‘tkaziladi.

Versal auksionga birinchi marta qo‘yilayotgani yo‘q, 2011-yilda “Alp Jamol bank”ni tugatish komissiyasi restoranni sud qarori asosida auksionga qo‘ygandi. O‘shanda to‘yxonaning boshlang‘ich narxi taxminan 37,5 milliard so‘m deb belgilangan.

2018-yilda Versal restorani Tashkent City qurilishi sabab buzilgan Ezidyor’ga egalik qilgan Grand Duet kompaniyasiga berilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

Yakunda kompaniyaga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat restorani nasib qildi. “Sayohat” ham 2011-yilda “Alp Jamol bank” ishi tufayli auksionda savdoga qo‘yilgan to‘yxonalardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют