» » AQShda koronavirus bilan kasallangan kishilar soni 1,4 milliondan oshib ketdi

AQShda koronavirus bilan kasallangan kishilar soni 1,4 milliondan oshib ketdi


AQShda koronavirus yuqtirib olish holatlari soni 1,4 milliondan oshib ketdi, mamlakatda qariyb 85 ming nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda Jons Hopkins universiteti statistik ma’lumotlarida qayd etilgan.

Unga ko‘ra, AQSh hududida 1 million 400 ming 500 ta koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda jami 84 ming 985 nafar kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. AQSh ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi.

O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya joylashgan, qirollik hududida 33,6 ming nafar odam hayotdan ko‘z yumgan. Italiya (31,3 ming nafar), Ispaniya (27,1 ming nafar) va Fransiyaga (27 ming nafar) mos ravishda 3, 4 va 5-o‘rinlarda bormoqda. AQSh va Yevropadan tashqarida eng ko‘p o‘lim holati – Braziliyada kuzatilgan, Janubiy Amerika mamlakatida 13,5 ming nafar kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 18) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют