» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 nafarga yetdi. Yangi bemorlarnin uch nafari Tojikistondan kelgan fuqarolar

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 nafarga yetdi. Yangi bemorlarnin uch nafari Tojikistondan kelgan fuqarolar


O‘zbekistonda 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yetti kishiga oshib, 2652 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yettita yangi kasallanish holatining uchtasi xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan to‘rttasi oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan uch nafar fuqaro 9 va 13-may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda davolanayotgan 505 nafar bemordan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...