» » Yunusobodda Spark bilan to‘qnashgan boshqa bir Spark ag‘darilib ketdi (video)

Yunusobodda Spark bilan to‘qnashgan boshqa bir Spark ag‘darilib ketdi (video)


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikkita Spark to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 13-may kuni soat 08:20 larda Yangi shahar va Yangi Yunusobod ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. 1986-yilda tug‘ilgan F.F. boshqaruvidagi Spark 1993-yilda tug‘ilgan S.X. boshqaruvidagi boshqa Spark avtomobiliga borib urilgan.

To‘qnashuv natijasida mashinalardan biri ag‘darilib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ag‘darilgan Spark’ning eshigi oynasidan haydovchi va yo‘lovchining tushib olganini ko‘rish mumkin. YHXBBning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Andijon viloyatida ham ikkita Damas to‘qnashgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют